Janubiy Amerika mintaqasida JCh—2022 saralashi doirasidagi bir qator o‘yinlar 9-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Argentina terma jamoasi Kolumbiya maydonida mehmon bo‘ldi. O‘yin debyutida Kristian Romero va Leandro Paredesning gollaridan keyin mehmonlar oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Luis Muriel hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Migel Borxa muvozanatni tikladi.

Braziliya terma jamoasi safarda Paragvay bilan o‘ynadi. Neymar 4-daqiqada hisobni ochdi o‘yin yakunlanishi arafasida Lukas Paketa “pentakampionlar”ning ikkinchi golini urdi.

Urugvay kutilmaganda Venesuelani yenga olmadi. Chili esa Ekvador bilan durang o‘ynadi.

Braziliya 6-turdan keyin yuz foizlik natija bilan birinchi o‘rinda ketmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Argentinada 12 ochko bor. Ekvador (9), Urugvay va Kolumbiya (8 ochkodan) keyingi pog‘onalarda bormoqda.

Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

JCh—2022 saralashi, KONMEBOL

6-tur bahslari

9-iyun, chorshanba

Kolumbiya — Argentina 2:2

Gollar: 0:1 – 3 Romero, 0:2 – 8 Paredes, 1:2 – 51, penalti Muriel, 2:2 – 90+4 Borxa.

Kolumbiya: Ospina, Mina, Sanches, Medina (Moreno, 75), Tesilo, Kuelyar (Barrios, 46), Uribe, Kuadrado, Lerma (Muriel, 30), Dias (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 46).

Argentina: Martines (Marchesin, 40), Montiyel, Romero (Petsselya, 64), Otamendi, Akunya, Paredes, Lo Chelso (Palasios, 54), de Paul, Gonsales (Foyt, 65), Martines, Messi.

Ogohlantirishlar: Mina (34), Sapata (45), Romero (45), Medina (47), Otamendi (49), Tesilo (57), Paredes (62), Petsselya (79), Borxa (90).

Paragvay — Braziliya 0:2

Gollar: 0:1 – 4 Neymar, 0:2 – 90 Lukas Paketa.

Paragvay: Silva, Alonso, Arsamendiya, Gomes, Alderete, Vilyasanti (Romero, 73), Ximenes (Avalos, 61), Almiron, Kardoso Lusena (Bareyro, 80), Roxas (Espinola, 61), Romero (Samudio, 80).

Braziliya: Ederson, Markinyos, Aleks Sandro, Militao, Danilo, Kazemiro, Fred (Lukas Paketa, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Everton, 82), Firmino (Duglas Luis, 73), Risharlison (Gabriel Barboza, 82).

Ogohlantirishlar: Gomes (21), Fred (43), Gabriel Jezus (76), Bareyro (87), Alonso (88), Alderete (88).

Venesuela — Urugvay 0:0

Ekvador — Peru 1:2

Gollar: 0:1 – 62 Kueva, 0:2 – 88 Advinkula, 1:2 – 90 Plata.

Chili — Boliviya 1:1

Gollar: 1:0 – 69 Pulgar, 1:1 – 82, penalti Moreno.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!