Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul 15-iyundan boshlanadi. Bu haqda AOKAda 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi. Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi:

Birinchi bosqichda ota-onalar 2021-yilning 15-iyunidan 5-iyuliga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydi.

Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi. Birinchi maktab-ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya’ni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;

Ikkinchi va uchinchi maktablar — ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarining qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.

Ikkinchi bosqichda 2021-yilning 6-iyulidan 31-iyulga qadar ota-onalar elektron platforma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradi, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.

Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda, 1—15-avgust kunlari hujjatlarini topshirishi mumkin bo‘ladi.

Qolgan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

Qabul an’anaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021-yil 15-iyundan 15-iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtirish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.

Shuningdek, 16-iyuldan 15-avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya’ni mikrohududiga kirmasa ham, bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunning 9-moddasiga asosan bola yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi (2014-yil 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar). Mazkur qonun talablari boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ya’ni nodavlat xususiy ta’lim muassasalari uchun ham majburiydir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi