Fransiya chempionati 2020/21-yilgi mavsumning ramziy jamoasini e’lon qildi. Tarkib muxlislarning ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Fransiya chempioniga aylangan “Lill” jamoasidan besh nafar, “PSJ” va “Lion”dan ikki nafardan, “Lans”, “Monako” jamoalaridan bir nafardan futbolchi ramziy tarkibga kiritilgan.

Ta’kidlab o‘tish lozim, 11 kishilik tarkibdan “PSJ” yulduzi Neymar joy olmagan.

Darvozabon: Mayk Menyan (“Lill”);

Himoyachilar: Jonatan Klaus (“Lans”), Markinyos (“PSJ”), Joze Fonte (“Lill”), Reynildu Mandava (“Lill”);

Yarim himoyachilar: Lukas Paketa (“Lion”), Benjamen Andre (“Lill”), Orelyen Tchuameni (“Monako”);

Hujumchilar: Memfis Depay (“Lion”), Burak Yilmaz (“Lill”), Kilian Mbappe (“PSJ”).

Foto: Twitter

Mavzuga doir: 2023/24-yilgi mavsumdan boshlab Fransiya chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar soni qisqaradi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!