Futbol bo‘yicha AQSh terma jamoasi KONKAKAF Millatlar Ligasi finalida Meksika terma jamoasini 3:2 hisobida (qo‘shimcha bo‘limlarda) mag‘lubiyatga uchratib, chempionga aylandi.
Ushbu musobaqa Yevropa Millatlar Ligasining amerikacha talqini sifatida ilk bor tashkillashtirildi.
AQSh tarkibida gollarni Jovanni Reyna, Ueston Makkenni va Kristian Pulishich urgan bo‘lsa, Meksika terma jamoasi tarkibida Xesus Korona va Dyego Laynes o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Qayd etib qo‘yish lozim, qo‘shib berilgan 4-bo‘limda AQSh terma jamoasi darvozaboni Itan Horvat penaltini qaytardi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)