Daryo

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

Ziyorat davomida tinchlik-farovonlik tilab duolar qilingan

1 daqiqa o‘qish43 491 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi ish kunini Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Yaratgandan yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qilindi. Ziyolilar bilan suhbatda alloma bobolarimizning ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni bilimli va fazilatli insonlar etib tarbiyalash haqida so‘z yuritildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi qator tumanlarda ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini soliqlardan ozod etishni taklif qilgani, Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:  Ma’lumot uchun, davlat rahbari ushbu viloyatga so‘nggi marta 2019-yilning oktabrida borgan edi. O‘shanda ham Prezident viloyatga tashrifini, an’anaga ko‘ra, Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshlagan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar