Daryo

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 600 so‘mga qaytdi

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 530 so‘mga sotib olishni taklif qilmoqda

1 daqiqa o‘qish34 094 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 1-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini pasaytirdi, deb xabar bermoqda Spot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 530 so‘mga sotib olishni, 10 600 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
  • “Agrobank” sotib olish — 10 520, sotish — 10 600;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 550, sotish — 10 620;
  • NBU: sotib olish — 10 540, sotish – 10 610;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 515, sotish — 10 620;
  • “Savdogar bank”: sotib olish — 10 520, sotish — 10 620.
Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda. 20-may kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dollarning qiymati 10 597 so‘mni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi kamaymoqda. Bu nimadan dalolat beradi?

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar