Daryo

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida “KamAZ” yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa oqibatida avtotransport vositalariga shikast yetgan

1 daqiqa o‘qish43 548 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

29-may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1060-kilometrida “KamAZ” va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Samarqand”yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “KamAZ-35320” rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolishi natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib, old tomonda harakatlanib ketayotgan Isuzu’ning orqa chap tomoniga kelib urilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Hodisa oqibatida avtotransport vositalariga shikast yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu yuk mashinasi daryo qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar