Daryo

Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Nexia beton devorga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etgan

Haydovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish36 718 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Surxondaryo viloyatida haydovchining uxlab qolishi sabab yuzaga kelgan YTH oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 26-mart kuni soat 06:30 larda Sho‘rchi tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi 24 yoshli haydovchi Nexia avtomobilini Termiz—Denov yo‘nalishida boshqarib kelayotib, uxlab qolgan.

Oqibatda mashina yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, beton devorga urilgan. Avariya vaqtida mashina ichida bo‘lgan 26 yoshli yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Shuningdek, haydovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holatni keltirib chiqargan sabablar o‘rganilganida haydovchi bir kun oldin Samarqanddan Surxondaryoga qarab yo‘lga chiqqani, kuchli charchoq oqibatida uxlab qolgani aniqlangan.

Avvalroq Toshkent—O‘sh yo‘lida avtokran va uchta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgani, Namanganda “Jiguli” 3 yoshli bolani urib ketgani, Samarqandda Mercedes-Benz yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar