Daryo

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu yuk mashinasi daryo qirg‘og‘iga ag‘darilib ketdi

Mazkur hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish76 184 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 35-kilometrida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 29-may kuni soat 05:30 larda Toshkent—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan. Haydovchining uxlab qolishi oqibatida mashina Zarafshon daryosining qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Avvalroq Toshkentda mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan Spark haydovchisi piyodani urib yuborgani, Ohangaronda bir-biri bilan to‘qnashgan “KamAZ” va Lacetti to‘liq yonib ketgani, Navoiyda mast piyodani mashina urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar