“O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi. 

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

“Vazirlikning ijro apparati rahbari, yetuk mutaxassis, o‘z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma’naviyati kuchli, to‘g‘riso‘z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo‘lida o‘z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning umummaqsadi yo‘lida sobitqadam, munosib o‘rniga ega yosh rahbar Jamoliddin Uzoqov Erkinovichga mas’uliyatli vazifa yukladik.

Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanligini, asosiysi, jamoa ahilligini ta’minlashda, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondashgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib Uzoqov Jamoliddin Erkinovichni vazirlikda ijro apparati rahbarligi bilan bir asnoda ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik.

Jamoliddin Uzoqovning san’at sohasini rivojlantirishdek sharafli vazifani ado etishida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!”, — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov.