Daryo

Farg‘onada Damas’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir yo‘lovchi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish41 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

19-may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi Katta Qo‘shtepa qishlog‘ida Damas va “T-28” traktori ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, X.A. ismli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas o‘zidan oldinda harakatlanayotgan “T-28” traktorining tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Avariya oqibatida Damas ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Farg‘onada Nexia “KamAZ”ga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etgani, Namanganda Nexia daraxtga urilishi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘lgani, Chinozda Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Farg‘onada yo‘l chetida to‘xtab turgan “ZIL” tirkamasiga borib urilgan Cobalt’dagi bir kishi halok bo‘ldi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar