Daryo

Farg‘onada Nexia “KamAZ”ga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Nexia avtomobili haydovchisi voqea joyida, yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan

1 daqiqa o‘qish45 020 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Nexia va “KamAZ” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 15-may kuni taxminan soat 22:50 larda Uchko‘prik tumani Bekobod qishlog‘idagi chorrahada YTH sodir bo‘ldi.

Quvasoy shahrida yashovchi (1988-yilda tug‘ilgan) fuqaro o‘z boshqaruvidagi “KamAZ” svetoforning yashil chirog‘ida chap tarafga burilganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Bog‘dod tumani Konizar qishlog‘ida yashagan (1990-yilda tug‘ilgan) fuqaro boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH “KamAZ” haydovchisi ro‘paradan kelayotgan Nexia haydovchisiga yo‘l bermagani sabab sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia avtomobili haydovchisi voqea joyida, yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Bundan avval Namanganda Nexia daraxtga urilishi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘lgani, Farg‘onada Malibu velosipedchini urib ketgani hamda Buxoroda Matiz haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisiga yo‘l bermay, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar