Daryo

Farg‘onada yo‘l chetida to‘xtab turgan “ZIL” tirkamasiga borib urilgan Cobalt’dagi bir kishi halok bo‘ldi

Mashinadagi yana bir yo‘lovchi va yo‘l chetida bo‘lgan voyaga yetmagan piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish46 741 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida “ZIL” tirkamasiga borib urilgan Cobalt’da bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Voqea 15-may kuni yuz bergan. H.Q. Cobalt’ni “Chinobod” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi Q.J. boshqaruvidagi “ZIL”ning tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda Cobalt yo‘lovchisi K.G‘. hodisa joyida vafot etgan. Mashinadagi yana bir yo‘lovchi T.U. va yo‘l chetida bo‘lgan voyaga yetmagan piyoda B.B. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urilishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Farg‘onada Nexia “KamAZ”ga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etgani, Namanganda Nexia, Damas va UAZ ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar