Daryo

Video: Qo‘qon shahridagi zapravkada portlash va yong‘in sodir bo‘ldi

Ayni vaqtda hodisa sabablariga aniqlik kiritish maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish35 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining birida portlash va yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi videolar tarqaldi. “Daryo” muxbiri hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati bilan bog‘landi.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 2021-yil 19-may kuni taxminan soat 14:45 da Qo‘qon shahar Oqtosh ko‘chasida joylashgan UzGazOil avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

AYoQSh hududiga yonilg‘i olib kelgan GAZ-53 yonilg‘i tashish avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Bir necha daqiqa ichida hodisa joyiga FVV hududiy boshqarmasining sakkizta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Yonilg‘i tashuvchi avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar va qurbonlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Foto: Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Ayni vaqtda hodisa sabablariga aniqlik kiritish maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.