Daryo

Samarqandda turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etgan

Avariya 12-may soat 04:00 larda Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasi hududida ro‘y bergan

1 daqiqa o‘qish44 846 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Samarqand tumanida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 12-may soat 04:00 larda Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasi hududidan o‘tuvchi A378 avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 42 yoshli turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi piyodani urib yuborgan.

Oqibatda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashagan 39 yoshli jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Avvalroq Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 71 yoshli otaxon Damas urib yuborgani, Payariq tumanida 9 yoshli bola, Farg‘onada esa 9 yoshli qiz Damas urib yuborishi oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar