Daryo

Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 9 yoshli bolani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Voqea 9-may kuni soat 21:30 larda Payariq tumani “Gulzor” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan

1 daqiqa o‘qish48 102 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Payariq tumanida 9 yoshli bola Damas urib yuborishi oqibatida vafot etdi.

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 9-may kuni soat 21:30 larda Payariq tumani “Gulzor” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.

Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, bola olgan tan jarohatlaridan tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Avvalroq Farg‘onada ikki Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 6 kishi, shu jumladan, 7 oylik chaqaloq vafot etgani, Namanganda Nexia, Damas va UAZ ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘lgani, Qashqadaryoda “Jiguli” va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar