Daryo

Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 71 yoshli otaxon Damas urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Haydovchi mashinani katta tezlikda haydab ketayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish43 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida 71 yoshli otaxon Damas urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Voqea 12-may kuni tumanning “Kamolot” MFY hududidan o‘tgan A 377 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan. Damas’ni katta tezlikda haydab ketayotgan 32 yoshli haydovchi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 71 yoshli otaxonni urib yuborgan.

Piyoda olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida 9 yoshli bola, Farg‘onada esa 9 yoshli qiz Damas urib yuborishi oqibatida vafot etgandi.  Surxondaryoda esa 3 kishini urib yuborgan Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgandi. Jabrlanganlarning ikki nafari vafot etgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar