Daryo

Farg‘onada Damas 9 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi hodisa joyida vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish41 158 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 4-may kuni fuqaro A.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina Bag‘dod tumani Qo‘shtegirmon qishlog‘i hududida ketayotib, yo‘lning qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan 9 yoshli T.M.ni urib yuborgan. Oqibatda T.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB
Avvalroq Surxondaryoda 3 kishini urib yuborgan Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgani, oqibatda jabrlanganlarning ikki nafari vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar