• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markazda 10 ta davolash korpusi bo‘lib, 370 ta o‘ringa ega. Bu yerda yiliga 9 mingdan ortiq bemorga statsionar, 43 ming nafariga ambulator tartibda xizmat ko‘rsatilmoqda.

    Toshkent va Qo‘qon shaharlari, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda markazning hududiy filiallari tashkil etilgan. Ularning har birida palliativ yordam bo‘limlari ochilgan. Ilk bor barcha hududiy onkologik muassasalar jami 22 ta zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlandi. Tibbiyot markazi bilan barcha filiallar o‘rtasida telemeditsina amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi uch yilda tizimdagi 150 nafar mutaxassis nufuzli xorijiy klinikalarda davlat hisobidan malaka oshirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bemorlar uchun eng qiyini kerakli dorilarni topish va sotib olishdir. Shu bois bu borada davlat tomonidan ham ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Onkologiya xizmati uchun dori-darmon va sarflov vositalariga 2016-yilda 8 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 62 milliard so‘mga yetgan.

    Davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga shifo tilab, ota-onalariga dalda berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bu bir sinov. Ana shu sinovlardan bardosh bilan o‘tib, tezroq sog‘ayib, uyga qaytsalaringiz, hammamiz xursand bo‘lamiz. Men bolalar, yoshlar haqida ko‘p gapiraman, ularga katta umidlar bog‘layman. Ilohim, mana shu bolalarning ham kasalligi esdan chiqib, xalqimizga xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib yetishsin. Ulug‘ ayyom kunlarida Xudodan shuni so‘raymiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident markazning hozirgi imkoniyatlari yetarli emasligini ta’kidlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu yerda onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mobil brigadalar tuzib, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib beriladi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ikkinchi asosiy masala – davolash sifatini oshirish. Shu maqsadda joylardagi onkologiya va gematologiya shifoxonalarini ta’mirlab, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislarni jalb qilish vazifasi belgilandi. Kasallik oqibatida oyoq-qo‘li amputatsiya bo‘lgan bemorlarni protez mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyat hokimlari, shifokorlar o‘z hududlarida onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdi.

    Foto: Prezidenr matbuot xizmati

    Foto: Prezidenr matbuot xizmati

    Mazkur barcha vazifa va takliflarni inobatga olgan holda, onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinadigan bo‘ldi.

    Videoselektordan so‘ng davlat rahbari Toshkent tibbiyot akademiyasi hududiga borib, Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosi uchun mo‘ljallangan joyni ko‘rdi. Yangi binoni Janubiy Koreya tajribasi va loyihasi asosida qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar olgani hamda Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

    14.05.2021, 19:54   Izoh (0)   28087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalasini muhokama qildi

    14.05.2021, 19:13

    O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?

    14.05.2021, 18:32

    “Millatlar qanday taraqqiy etarlar?”. Mahmudxo‘ja Behbudiyning bir asr o‘tsa ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan maqolasi

    14.05.2021, 17:23

    Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi

    14.05.2021, 17:10

    Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi

    14.05.2021, 16:08

    Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

    14.05.2021, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.