Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ikki obyektda yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, 9-aprel kuni soat 18:49 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Navbahor ko‘chasi “Charxi Komolon” MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14 da o‘rab olinib, 19:25 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Bundan avval Toshkent va Zangiotadagi ishlab chiqarish sexlarida yong‘in sodir bo‘lgani, Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligining salkam 150 gektar maydoni yonib ketgani hamda Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi