Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final javob o‘yini doirasida “Chelsi” o‘z maydonida 5-may, chorshanba kuni “Real” bilan to‘qnash keldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Mezbonlarning ustunligida o‘tgan o‘yinda hisob 28-daqiqada Timo Verner tomonidan ochildi. Germaniyalik futbolchi ushbu vaziyatda darvoza to‘sinidan qaytgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 85-daqiqaga kelib, Meyson Maunt oradagi farqni oshirdi va jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa “Chelsi” o‘z maydonidagi o‘yinda g‘alaba qozonib (umumiy hisob 3:1), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Aristokratlar” Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yinida Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Siti” bilan to‘qnash keladi. Final bellashuvi 29-may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

YChL

1/2 final, javob bahsi

5-may, chorshanba

“Chelsi” Angliya — “Real Madrid” Ispaniya 2:0

Gol: 1:0 — 28 Verner, 2:0 — Maunt.

“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 88), Tiago Silva, Ryudiger, Chiluell, Maunt (Ziyesh, 89), Jorjinyo, Haverts (Jiru, 90+4), Kante, Kristensen, Verner (Pulishich, 67).

“Real Madrid”: Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi (Valverde, 63), Kroos, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 63), Kazemiro (Rodrigo, 76), Azar, Benzema.

Ogohlantirishlar: Jorjinyo (14), Ramos (37), Kristensen (39), Nacho (62), Kroos (72), Maunt (87).

Birinchi o‘yin — 1:1.