So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    AQShdan Orolbo‘yi aholisi uchun gumanitar yordam yuborildi

    05.05.2021, 11:09 14642

    AQShdan Qoraqalpog‘istonga gumanitar yordam sifatida 3 million dollarlik tibbiyot buyumlari va jihozlari, sun’iy nafas oldirish moslamalarini o‘z ichiga olgan 40 futlik o‘nta konteyner yuborildi. Mazkur gumanitar yuk Project C.U.R.E. va Boeing bilan hamkorlikda amalga oshirildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Ma’lum qilinishicha, Vashington shtatining Sietl shahrida gumanitar yordamni yuborish marosimida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va Boeing kompaniyasi vitse-prezidenti Monta Freyzer, Project C.U.R.E. nodavlat tashkiloti prezidenti Duglas Jekson hamda ushbu NNTning xorijiy hukumatlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Melisa Esposti ishtirok etgan.

    Gumanitar yuk bo‘yicha kelishuvlar 2019-yilda elchixona rahbari va Project C.U.R.E. prezidenti Duglas Jekson bilan tashkilotning Vest-Gruve (Pensilvaniya) va Hyuston (Texas) shaharlaridagi omborlariga tashrif chog‘ida erishilgan.

    Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi so‘roviga binoan Project C.U.R.E. tomonidan Sietlda shakllantirilgan gumanitar yukning birinchi jo‘natmasi qariyb 6 tonnaga teng. Ushbu yukni Kanzas-sitidan Sietlga (3 ming kilometr) Pensilvaniya shtatidagi o‘zbeklar diasporasi faollaridan biri, logistika kompaniyasi asoschisi Ahmadjon Odilov amalga oshirgan.

    Shuningdek, AQShdagi o‘zbekistonliklar tomonidan asos solingan Give to Get International xayriya tashkiloti ko‘magida mustaqil ekspertlarning Qoraqalpog‘istondagi tibbiyot muassasalarining ehtiyojlarini baholash bo‘yicha xarajatlari to‘langan.

    Boeing vitse-prezidenti Monta Freyzer o‘z so‘zida kompaniya rahbariyati so‘nggi 25 yil ichida Uzbekistan Airways bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgani va O‘zbekistonning aviatsiya sohasini rivojlantirishdagi yutuqlarini yuqori baholashini ta’kidlab o‘tgan.

    “Biz Qoraqalpog‘istonga gumanitar yukning birinchi partiyasini Dreamliner samolyotida yuborish tadbirida ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bugungi sinovli vaqtda ushbu xayriya tadbiriga ulush qo‘shayotganimizdan mamnunmiz”, — deydi Monta Freyzer.

    Monta Freyzer Boeing’ning O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni davom ettirish maqsadida Project C.U.R.E. loyihasiga 100 ming dollar miqdoridagi chek topshirgan. Ushbu mablag‘ Orolbo‘yi aholisi uchun navbatdagi gumanitar yordamni yetkazishni moliyalashtirish uchun ishlatilishi qayd etildi.

    Gumanitar yordam Sietldan Toshkentga Uzbekistan Airways uchun Boeing zavodida ishlab chiqarilgan yettita so‘nggi yangi Dreamliner samolyotidan biri orqali yetkazib beriladi. “5-may kuni esa beg‘araz ko‘mak Toshkentdan Nukus shahriga yetkaziladi. Tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan navbatdagi to‘rtta konteynerdagi insonparvarlik yuki yoz fasli oxiriga qadar Orolbo‘yi mintaqasiga yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir: Janubiy Koreya Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha trast fondining moliyaviy donoriga aylandi

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida BMT rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Malibu’si bor, lekin yolg‘on hujjatlar qilib, har oy davlatdan yordam puli oladi”. Sirdaryo hokimining o‘rinbosari hududdagi boqimandalik haqida gapirdi

    Bugun, 17:12

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    Bugun, 17:02

    “O‘zbekiston uchun muhim ijobiy jihat bu uning juda yosh aholisidir” — tajribali investor Maykl MakGogi O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida optimistik fikrla...

    Bugun, 16:58

    “Farg‘ona” bojxona posti sobiq boshlig‘i 18 yildan so‘ng oqlandi

    Bugun, 16:56

    Tojikistonda erkak onasini 136 marta pichoq urib o‘ldirdi (video)

    Bugun, 16:56

    Sinox bilan soch to‘kilishi va kallikning oldini olamiz

    Bugun, 15:00
    Reklama

    “Alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qo‘yishimiz zarur” — Saida Mirziyoyeva

    Bugun, 16:46

    Zoir Mirzayev Toshkent viloyatida hujjatli film tasvirga olinishi uchun 191 mln so‘m ajratdi

    Bugun, 16:40

    Ota-onasi aktrisa bo‘lishini istamagan, birovning oilasini buzganlikda ayblangan va diplomli psixolog — Muqaddas Sa’dullayeva 33 yoshda (foto, video)

    Bugun, 16:30

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi

    Bugun, 16:09

    O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan harorat asta-sekin ko‘tariladi

    Bugun, 15:47

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.