Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 35-turida “PSJ” 1-may, shanba kuni “Lans” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Parijda kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “PSJ”ning gollariga Neymar va Markinyos mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Ignatius Ganago o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin parijliklarning ochkolari soni 75 taga yetdi, jamoa 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Lans” 56 ochko bilan 5-pog‘onadan joy olgan.

Liga 1

35-tur bahsi

1-may, shanba

“PSJ” — “Lans” 2:1

Gollar: 1:0 – 33 Neymar, 2:0 – 59 Markinyos, 2:1 – 61 Ganago.

“PSJ”: Navas, Markinyos, Dagba (Kerer, 19), Kimpembe, Diallo, Danilu Pereyra, Draksler (Kin, 90), Guye (Verratti, 60), Sarabiya (Errera, 60), Neymar (Rafinya, 90), Ikardi.

“Lans”: Farinyes, Fortesh, Mishlen (Jan, 81), Gradi, Medina, Dukure (Morisyo, 77), Kloss, Kayuzak (Kakuta, 69), Fofana, Ganago (Sotoka, 74), Kalimuendo (Banza, 69).

Ogohlantirishlar: Medina (66), Sotoka (76), Errera (78), Kerer (89), Markinyos (90), Verratti (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi