Daryo

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham darslar onlayn shaklga o‘tkazildi

O‘quv jarayoni Zoom va Moodle platformalari orqali 14 kun davomida masofaviy shaklda o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish87 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TDShU matbuot xizmati

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida darslar 22-apreldan masofaviy shaklga o‘tkazildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: TDShU matbuot xizmati

O‘quv jarayoni Zoom va Moodle platformalari orqali 14 kun davomida masofaviy shaklda o‘tkaziladi.

Bundan avval Jismoniy tarbiya va sport universiteti va Jahon tillari universiteti hamda uning akademik litseyi ham o‘quv jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 19-apreldan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida esa 20-apreldan 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida professor-o‘qituvchilari, talabalari orasida koronavirusga chalinish holati aniqlangani sabab darslar 19-apreldan onlayn shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham darslar 12-apreldan boshlab ikki haftaga onlayn shaklga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlanib, OTM masofaviy ta’limga o‘tgandi. 25-mart kuni Toshkent moliya instituti va Toshkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar