• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mutaxassislar Facebook Messenger foydalanuvchilarini kiberhujum haqida ogohlantirdi

    Kiberhujumlarni bartaraf etishga ixtisoslashgan Group-IB kompaniyasi Facebook’ni 84 ta mamlakatdagi Messenger foydalanuvchilariga uyushtirilgan keng ko‘lamli kiberhujum haqida ogohlantirdi, deb yozmoqda “RBK”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mutaxassislar birinchi marta 2020-yilning yoz faslida jabrlanuvchining o‘z akkauntiga kirish huquqini yo‘qotishi va shaxsiy ma’lumotlarining tarmoqqa chiqib ketish xavfini paydo qiluvchi firibgarlik tizimi haqida ma’lum qilgan edi. Qonunbuzarlar foydalanuvchilarga Facebook Messenger dasturi uchun mavjud bo‘lmagan “yangilanish” havolalarini yuborgan. 2021-yilning aprel oyida Facebook’da messenjerning “oxirgi yangilanishi”ni taklif qilgan soxta postlar soni 5,7 mingtaga yetdi.

    Firibgarlar o‘zlarining reklama postlarida haqiqiy messenjerga mos keladigan nomlardan foydalangan (Messanger, Meseenger, Masssengar va hokazo), dasturning yorlig‘i sifatida esa haqiqiy Messenger’ning rasmiy logotipidan ishlatilgan. Xabarlarning o‘zida esa messenjerning yangi funksiyalari to‘g‘risida ma’lumot berilib, xususan, messenjerning yangi Gold versiyasini yuklab olish tavsiya etilgan.

    Shu kabi postlarda keltirilgan havola orqali foydalanuvchi soxta avtorizatsiya shakliga ega bo‘lgan fishing saytiga kiradi. Oqibatda jabrlanuvchi o‘z akkauntiga kirish huquqini yo‘qotish va shaxsiy ma’lumotlarining tarmoqqa chiqib ketishi xavfiga duch keladi. Keyinchalik bu ma’lumotlar xakerlar tomonidan tovlamachilik va spam-xabar uchun ishlatilishi yoki xakerlik forumlarida sotib yuborilishi mumkin, deyiladi xabarda.

    Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun Group-IB mutaxassislari dasturlarni va yangilanishlarni faqat mobil ilovalarning rasmiy do‘konlaridan yuklab olishni, kompaniyaning faqat tasdiqlangan akkauntlari bilan ishlashni, shuningdek, agar foydalanuvchi Facebook Messenger’ga kirish uchun avtorizatsiya so‘raydigan saytga kirib qolgan bo‘lsa, qisqa havolalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni va domen nomini tekshirishni maslahat bermoqda.

    Group-IB ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha 84 ta mamlakatning foydalanuvchilarga hujum qilingan, ular orasida Rossiya, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari ham bor.

    Avvalroq aprel oyining boshida Business Insider nashri 530 million Facebook foydalanuvchilariga tegishli telefon raqamlar, ism-familiyalar, tug‘ilgan sanalar va elektron pochta manzillarining tarmoqqa chiqib ketgani haqida xabar bergan edi.

    Buning natijasida dunyoning 106 mamlakati, xususan, AQShning 32 million, Buyuk Britaniyaning 11 million, Hindistonning 6 million aholisi zarar ko‘rdi. The Sun nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning foydalanuvchi identifikatori, telefon raqami, manzili, nikohi haqidagi ma’lumotlari ham tarmoqqa chiqib ketgan.

    Shuningdek, Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ining 1,3 million foydalanuvchisiga tegishli ma’lumotlar oshkor bo‘ldi. Ma’lumotarga ko‘ra, Clubhouse foydalanuvchilarining ma’lumotlari mashhur xakerlik forumida bepul ko‘rinishda paydo bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • OAV: Twitter Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishni rejalashtirmoqda
    • AQShda Jo Bayden va Bill Geytsning Twitter akkauntlarini buzib kirgan o‘smir sudlandi
    • Xakerlar bir nechta mamlakatlardagi 150 mingdan ortiq kuzatuv kameralariga hujum uyushtirdi

    21.04.2021, 07:31   Izoh (0)   16136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oksford universiteti koronavirusdan tuzalgan ko‘ngillilarga virusni qayta yuqtirishni boshlaydi. Bu kasallikka nisbatan immunitet qanday ishlashini tushunish uchun...

    21.04.2021, 07:07

    Merkel Putinni shaxsiy suhbatlardagina ochiqchasiga tanqid qilishini aytdi

    20.04.2021, 23:34

    Rossiya ikki nafar bolgariyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

    20.04.2021, 21:18

    Rossiya Arktikada yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

    20.04.2021, 20:13

    Rossiya o‘z kosmik stansiyasini qurishni boshladi (video)

    20.04.2021, 19:34

    Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlarni zaharli o‘t bilan davolash haqida aytgan sog‘liqni saqlash vazirining iste’fosi talab qilinmoqda

    20.04.2021, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.