Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Chelsi” 20-aprel, seshanba kuni “Brayton” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Londonda o‘tgan bahsda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Shu tariqa Tomas Tuxel shogirdlari kuchli bosim (jamoa muxlislari klubning Yevropa Superligasiga qo‘shilganidan norozi ekanini bildirib, namoyishlar o‘tkazmoqda) ostida o‘tgan bahsda muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘ldan boy berdi.

Ushbu durangdan keyin “ko‘klar” 55 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Hisobida 33 ochko bo‘lgan “Brayton” esa 16-o‘rinni band etgan.

APL

32-tur bahsi

20-aprel, seshanba

“Chelsi” — “Brayton” 0:0

“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso (Hadson-Odoi, 67), Kristensen, Zuma, Jeyms, Haverts (Verner, 67), Maunt, Pulishich, Jorjinyo, Ziyosh (Jiru, 77), Ryudiger.

“Brayton”: Sanches, Bern, Uebster, Dank, Veltman, Mak Allister (Mope, 74), Bissuma, Trossard (Lallana, 60), Gross, Uayt, Uelbek (Moder, 86).

Ogohlantirishlar: Jorjinyo (35), Zuma (35), Uayt (73).

Chetlatish: Uayt (90).