Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Real” PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni ham, “Borussiya D” forvardi Erling Holandni ham sotib olishni rejalashtirmoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

AS xabariga ko‘ra, madridliklar klubi Mbappe bilan ushbu yozda shartnoma imzolamoqchi, norvegiyalik futbolchini esa 2022-yilning yozida qo‘lga kiritmoqchi. Sababi kelasi yili Holandning “Borussiya D” bilan shartnomasida 75 million yevrolik tovon puli haqidagi band faollashadi.

“Real” dortmundliklarning Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olishiga umid qilmoqda. Sababi buning aksi bo‘lgan taqdirda Erling jamoani tark etishga jiddiy ahd qilgan. Agar bu holat kuzatiladigan bo‘lsa, u holda “Real” Mbappe yoki Holanddan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

22 yoshli Mbappe Liga 1 joriy mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va yettita golli uzatma muallifiga aylandi.

20 yoshli Holand esa Bundesligadagi 24 o‘yinda 23 ta gol va beshta assist amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi