• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Karyerasini modellikdan boshlagan mashhur aktrisalar (foto)

    Braziliyalik supermodel, Victoria’s Secret yuzi Alessandra Ambrosio bu yil o‘zining 40 yoshini nishonlaydi. U nafaqat podiumdagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan ko‘plab brendlarning yuzi bo‘ldi, balki filmlarda ham rol ijro etdi. Faoliyatini modellikdan boshlab, so‘ngra kino olamiga qadam qo‘ygan bunday aktrisalar talaygina. Shulardan ba’zilari haqida ma’lumot beramiz.

    Alessandra Ambrosio

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ambrosio Braziliyaning janubidagi kichik shaharchada tug‘ilgan va model bo‘lishni sakkiz yoshidan beri orzu qilgan. U faoliyatini 12 yoshida boshlagan va ko‘p o‘tmay Elle jurnalining muqovasida surati chiqqan. Hozirda u Victoria’s Secret’ning eng mashhur modellaridan biri.

    Ambrosio, shuningdek, Fergi va Kanye Uest kliplarida ham suratga tushgan. Shundan so‘ng model o‘zini kinoda ham sinab ko‘rgan — “Royal kazinosi” filmida tennischi qiz rolini ijro etgan. Keyinchalik esa “Salom, Yangi yil!” komediyasi, “Amerikalik uy bekasi” ekshn-komiksida rol o‘ynagan.

    Olga Kurilyenko

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Avval podiumda tanilib, keyin o‘zini kinoda sinab ko‘rgan yana bir model — Olga Kurilyenko.

    Daniyel Kreyg bilan “Shavqat kvanti” filmida mos juftlikka aylanishdan avval, Olga Parij podiumida o‘z faoliyatini boshlagan. U Clarins va Helena Rubinstein yuzi, Roberto Cavalli va Kenzo modeli bo‘lib, shuningdek, mashhur jurnallar muqovasida tez-tez ko‘rinish bergan.

    Ammo keyinchalik u aktrisa bo‘lishga qaror qildi: avval “So‘qqabosh sevgi” filmida, so‘ngra “Hitman” filmga moslashtirilgan kompyuter o‘yinlarida, keyinchalik esa bondianada rol ijro etgan.

    Olganing aktrisalik iste’dodini payqagan rejissorlar uni “Senturion” tarixiy trilleriga taklif qilishgan. Kurilyenko Terrens Malik, Juzeppe Tornatore, Terri Gilliam singari mashhur rejissorlar bilan ishlagan.

    Milla Yovovich

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Olganing kelib chiqishi rus bo‘lgan modellikdagi hamkasbi — Milla Yovovich ham model sifatida karyerasini to‘qqiz yoshida boshlagan: L’Oreal, Revlon va Versace kampaniyalarida ishtirok etgan. Bundan tashqari, Ugo Boss, Gess, Calvin Klain bilan hamkorlik qilgan va kino olamiga qadam qo‘ygan.

    Milla aktrisalik faoliyatini kichik rollardan boshlagan, ammo uni fransuz rejissori Lyuk Besson mashhur qildi. U Millaga “Beshinchi element” filmidagi bosh rolni berdi va uni darhol kinoyulduzga aylantirdi. Chunki tomoshabinlarga qizil sochli o‘zga sayyoralik qiz obrazi yoqib qolgandi.

    Bunday muvaffaqiyatdan so‘ng “Yovuzlik maskani”, “Mushketyorlar”, “Ultrabinafsha” filmlaridagi roli uning mashhurligini yanada mustahkamladi.

    Diana Kryuger

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yana bir model Diana Kryuger ham “Beshinchi element” filmidagi rol uchun kastingda qatnashgan. U allaqachon mashhur model bo‘lsa-da, bu rol unga nasib qilmadi. Bungacha u Christian Dior, Yves Saint Laurent, Dolce & Gabbana va Armani bilan hamkorlik qilgan. Kastingdan o‘tolmagani esa uni xafa qilmagan, chunki Bessonning o‘zi Dianaga familiyasini Haydkryugerdan talaffuzi osonroq Kryugerga almashtirishni va modellikdan ko‘ra kinoga ko‘proq e’tibor qaratishi lozimligini tavsiya qilgan.

    Keyinchalik Diana aktyorlik kursini o‘tab, Orlando Blum bilan “Troya” tarixiy filmida, Nikolas Keyj bilan esa “Millat xazinasi” sarguzasht-jangari filmida rol ijro etdi. 2017-yilda “Chegarada” filmidagi roli uchun Kann kinofestivalining “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Sasha Luss

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Rejissor Lyuk Bessonni modellar orasida aktyorlik qobiliyatining asosiy “kashfiyotchisi” deyish mumkin.

    Magadanning eng yaxshi modeli hisoblangan Sasha Luss uchun Besson filmidagi obrazi uning debyut roli bo‘lgan. Models.com saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u eng talabgir modellardan biri hisoblanadi. U Pirelli taqvimi uchun suratga tushgan, Chanel bilan hamkorlik qilgan, Dior Beauty, Carolina Herrera tarmog‘ining yuzi bo‘lgan bo‘lsa-da, kinoda rol o‘ynashni orzu qilardi.

    Rejissor Besson avvaliga unga “Valerian va ming sayyora” filmidagi epizodik rolni berdi, bir necha yildan so‘ng ijodkor “Anna” ekshn-trilleri filmini suratga oldi. Filmda Sasha asosiy qahramon roliga tasdiqlandi. U bilan birga Killian Merfi, Lyuk Evans, Aleksandr Petrov ham birga rol ijro etgan.

    Irina Sheyk

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yana bir rossiyalik model — Irina Sheyk nafaqat Armani, Lacoste, La Perla yoki Givenchy vakili hisoblanadi, balki bir nechta filmlarda ham rol o‘ynagan.

    Irina avvaliga Intimissimi brendining yuziga aylandi. Shuningdek , u Sports Illustrated Swimsuit Issue nashrining muqovasida chiqqan ilk rus modeli, L’Oreal Parij brendining elchisi va podiumlarda barchani maftun etgan model edi. Keyinchalik u “Agent” qisqa metrajli filmida, “Gerakl” blokbasterida suratga tushdi. Filmda u bosh qahramon Dueyn Jonsonning rafiqasi rolini o‘ynagan.

    Monika Belluchchi

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Jozibador Monika Belluchchi ham karyerasini model sifatida boshlagan. Modellikni u o‘qish pulini to‘lashi uchun boshlagan. Ammo birin-ketin takliflar tusha boshlagach,Valentino, Prada, Ferretti, Germes, Revlon brendlari bilan hamkorlik qilgan.

    Monika kinodagi faoliyatini italyan komediyalaridan boshlagan, uning ingliz tilidagi debyut filmi Frensis Ford Kopolaning “Drakula” edi. Shundan so‘ng Monika boshqa yulduzlar qatori Gollivud loyihalariga taklif qilindi.

    Keyinchalik uning “Malena” filmidagi ijrosi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Asteriks va Obeliks” filmidagi Kleopatra, “Aka-uka Grimmlar” filmidagi malika va “007: Spektr” filmidagi Bondning rafiqasi rollari uning muvaffaqiyatini yanada mustahkamladi.

    Shunga qaramay Belluchchi modellik faoliyatini ham to‘xtatib qo‘ymadi: u Dolce & Gabbana bilan hamkorlik qilishni va fotosessiyalarda ishtirok etishni davom ettirdi.

    Mavzuga doir:

    • Zaytun yog‘idan avokadogacha: modellar yuz terisini qanday parvarish qiladi? (foto)
    • 180 santimetr va undan yuqori: bo‘yi baland mashhur ayollar (foto)
    • Jahonga mashhur rossiyalik modellar mashhurlikka erishmasdan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
    • Go‘zallik va millionlar: boy hamda nufuzli insonlarga turmushga chiqqan 5 model (foto)
    • Yulduzlarning modellikni tanlagan go‘zal qizlari (foto)

    19.04.2021, 09:44   Izoh (0)   35954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Turmush o‘rtog‘i bilan yarashgan Kamila Gimandinova, Munisa Rizayevaning onasi uning xeyterlariga yuzlandi, Mirza Azizov o‘qigan she’r qalblarni titratm...

    18.04.2021, 22:16

    Rossiya estradasi primadonnasi Alla Pugachyovaning tug‘ilgan kunida uning 8 yoshli qizi “Millionta qizil atirgul” qo‘shig‘ini fransuz tilida kuyladi (video)

    18.04.2021, 20:56

    Oltin qafasdagi hayot: Keyt Middlton qilishi mumkin bo‘lmagan 10 narsa

    18.04.2021, 18:54

    Instagram: Sherali Jo‘rayevning qiyofadoshi topildi, Dubaydagi osmono‘par binodan sakragan tiktoker, Ozoda Nursaidovaning farzandi bormi?

    17.04.2021, 22:15

    Foto: 50 yoshdan keyin turmush qurgan mashhurlar

    17.04.2021, 17:58

    Instagram: Mirza Azizovni xotirlayotgan san’atkorlar, bog‘cha ochayotgan Munisa Rizayeva, Farrux Zokirov 75 yoshda

    16.04.2021, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

    O‘zbekiston | 27 avgust, 00:10

    Farg‘onada ona-bola giyohfurushlar qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:55

    Suriya prezidenti o‘zini ISHIDning asosiy qurboni deb atadi

    Dunyo | 26 avgust, 23:40

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.