Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahri aholisi 15 yil kutgan hududga svetofor o‘rnatildi. Muammo ushbu ko‘chada maktab o‘quvchisini mashina urib yuborganidan so‘ng hal etilgan, deb xabar beradi IIVning “Postda” gazetasi.

Foto: “Postda” gazetasi

Foto: “Postda” gazetasi

Shaharning “Bog‘imaydon” MFY raisining so‘zlariga ko‘ra, mahalla aholisi svetofor o‘rnatishni ilitmos qilib, muntazam turli instansiyalarga murojaat qilib kelgan. Biroq ularga svetofor o‘rnatish juda qimmatligi borasida javob berilgan.

O‘tgan vaqt davomida mazkur hududda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida o‘ndan ortiq odam jarohat olgan (to‘rt nafari halok bo‘lgan). So‘nggi jablanuvchi — 60-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi. U shifoxonaga yotqizilgan.

“Bog‘imaydon” mahallasi aholisi sodir bo‘lgan YTH videosini viloyat kengashi deputatlariga yuborgan.

Xalq vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, IIB rahbariyati va viloyat hokimligining tegishli amaldorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv hamda suhbatlar davomida Afrosiyob ko‘chasida svetofor o‘rnatishga rozilik olingan.

Avvalroq Namanganda 3 yoshli bola “Jiguli” urib ketishi oqibatida vafot etgani, Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi