Daryo

Namanganda “Jiguli” 3 yoshli bolani urib ketdi. Bola shifoxonada vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish54 376 ko‘rishlar0 izoh0

Namanganda 3 yoshli bola “Jiguli” urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 19-mart kuni soat 12:45 larda shaharning Q.Otamirzayev ko‘chasida yuz bergan. “Jiguli”  (“VAZ-21011”)ni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan.

Bolakay olgan tan jarohatlari oqibatida 25-mart kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda Isuzu yuk mashinasi piyodani urib yuborgani, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qashqadaryoda to‘y kuni kuyovning otasi va ikki qarindoshi hamda kelinning xolasi YTHga uchrab, halok bo‘lgani, Toshkentda 60 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Farg‘onada ikki kun ichida 3 yoshli ikki nafar bola YTH qurboni bo‘ldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar