So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi

    04.06.2020, 16:34 25916

    Vazirlar Mahkamasining “Ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

    Nizom bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan (noqonuniy muomalada bo‘lgan) qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda qurol va (yoki) patronlarni topshirganlik uchun taqdirlash tartibi belgilanadi.

    Jismoniy yoki yuridik shaxs ichki ishlar organlariga qurol va (yoki) ularning o‘q-dorilarini o‘z ixtiyori bilan topshirganligi uchun pul mukofoti bilan taqdirlanishi, 1974-yilgacha ishlab chiqarilgan fuqaroviy o‘qotar qurol topshirgan jismoniy shaxs esa uni imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

    Qurol va (yoki) patronlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan arizachining xohishiga ko‘ra, pul mukofoti naqd shaklda yoki uning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tegishli moliya-iqtisod boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan amalga oshiriladi.

    O‘z ixtiyori bilan topshirilgan qurol va o‘q-dorilar uchun pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m)ning foizdagi nisbatidan kelib chiqib belgilanadi. Xususan,

    • jangovar o‘qotar qurolning bir donasi uchun BHMning 200 foizi;
    • soyli stvolli o‘qotar ov va sport quroli, kombinatsiyalangan o‘qotar qurol, shu jumladan, almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolli o‘qotar ov qurolining bir donasi uchun 150 foizi;
    • og‘iz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolining bir donasi uchun 100 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
    Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan jismoniy va yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.

    Mazvuga doir: 

    • O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qurol uchun ruxsatnoma olishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
    • O‘zbekistonda qurol ishlab chiqarish uchun litsenziya kimlarga berilishi ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik joriy etiladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?