Aktrisalarning hammasi ham karyerasi avvalida bosh qahramon obrazida namoyon bo‘lavermaydi. Ular ko‘pincha tanib bo‘lmas darajadagi epizodlarni ijro etadi.

Emili Blant

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa 40 dan ortiq muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. U ilk bora Agata Kristining “Nil daryosidagi o‘lim” romani asosida suratga olingan filmda rol ijro etdi. U yerda millioner Linnet Rijuey qahramonini gavdalantirgan aktrisani parik va lablariga berilgan urg‘u tufayli tanib olish qiyin.

Mila Kunis 

Foto: Cosmopolitan

Mila aktrisalik faoliyatini 10 yoshidan boshlagan. Avvaliga u reklama roliklarida ishtirok etgan. 11 yoshida esa birinchi bor filmga taklif qilingan. Uni shundan so‘ng “Malibu qutqaruvchilari” kartinasining uchinchi qismida ko‘rish mumkin. O‘sha vaqtda maftunkor qizning kelajakda yulduz bo‘lishi hech kimning xayoliga ham kelmagan.

Jessika Alba

Foto: Cosmopolitan

Jessika ilk bor 13 yoshida ekranlarda ko‘rinish bergan. Uni dastlab Nickelodeon shousining epizodlariga taklif qilishgan. Keyinchalik ketma-ket rollari tufayli bir necha bosh rollarni ijro etgan. Alba 20 yoshga to‘lganida mashhurlikka erishib bo‘lgan edi. Yoshligida juda ko‘p betob bo‘lgan aktrisa maktabga qaraganda ko‘p vaqtini shifoxonada o‘tkazgan.

Jennifer Garner

Foto: Cosmopolitan

Amerikalik aktrisa o‘z karyerasini dublyajdan boshladi. Dastlab aktrisa besh yil mobaynida serial va filmlarda faqatgina epizod rollarni ijor etgan. “Ayg‘oqchi” serialida hamda “Qo‘lingdan kelsa, meni tutib qol” filmidagi rollari bilan mashhurlikka erishdi.

Mila Yovovich 

Foto: Cosmopolitan

Mila ham kino olamiga o‘spirinligidan kirib kelgan. U 13 yoshida “Ikki oyning to‘qnashuvi” filmida rol ijro etgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, Mila chinakam mashhurlikka erishdi. Lyuk Bessonning “Beshinchi unsur” filmi unga muvaffaqiyat keltirgan edi. Iste’dodli aktrisaning roli tomoshabin va tanqidchilar tomonidan ham yuqori baholangan.