Daryo

Germaniya prezidenti koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Shu bilan birga, u mamlakat aholisini bu imkoniyatdan foydalanishga va vaksina olishga chaqirdi

1 daqiqa o‘qish25 662 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: DW

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi dozasini qabul qildi. Vaksinatsiya Bundesver (mamlakat Qurolli Kuchlari) shifoxonasida o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga taynib “Interfaks” xabar berdi.

Foto: DW

“Men Germaniyada ishlab chiqarilgan vaksinaga ishonaman. Bugun AstraZeneca kompaniyasi vaksinasining birinchi dozasini oldim. Vaksinatsiya bu pandemiyadan qutulish yo‘lidagi hal qiluvchi qaror hisoblanadi”, — dedi 65 yoshli Shtaynmayer.

Shu bilan birga, u mamlakat aholisini bu imkoniyatdan foydalanishga va vaksina olishga chaqirdi.

Germaniyada Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan AstraZeneca vaksinasi faqat 60 yoshdan oshganlarga tavsiya etilgan. Tegishli qaror STIKO doimiy emlash komissiyasining xulosasi asosida qabul qilindi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlar bunga sabab bo‘ldi — emlashdan keyin ba’zi bemorlarning qonida tromblar hosil bo‘lishi kuzatildi.

Avvalroq Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Fransiya bosh vaziri Jak Kasteks, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Bill Geytsdan Arnold Shvarseneggergacha: koronavirusga qarshi emlangan mashhurlar (foto)

Eslatib o‘tamiz, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarning qonida tromb paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng bir qator mamlakatlar preparatdan foydalanishni to‘xtatib qo‘ygandi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Portugaliya, Kipr, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Islandiya, shuningdek, Yevropadan tashqaridagi Indoneziya, Kongo va Janubiy Afrika mamlakatlarida mazkur vaksinadan foydalanish to‘xtatilgan. Lekin Yevropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topdi. JSST esa AstraZeneca bilan emlashda davom etishni tavsiya qildi.

Mavzuga doir: Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar