IIV YHXBB matbuot xizmati 1-aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lidan o‘tgan Qamchiq dovonida qor yog‘ib, avtomobil yo‘lida muzlamalar yuzaga kelishi kuzatilayotgani haqida xabar bergan edi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘lidagi qorlar erigan bo‘lib, transport vositalari harakati davom etmoqda.

“Barcha haydovchilardan ehtiyotkorlik bilan, belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “O‘zgidromet” 2-aprel kuni mamlakatning barcha hududlarida, shu jumladan, tog‘li hududlarda ham ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tishini ma’lum qilgan.