Daryo

Toshkent—O‘sh yo‘lida avtokran va uchta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Avtokran haydovchisi oyog‘idan jarohat olgan bo‘lib, uni FVV qutqaruvchilari maxsus qutqaruv vositalari yordamida salondan chiqarib olgan

1 daqiqa o‘qish65 888 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lida 4 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatlari bartaraf etildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 249 kilometrida sodir bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan avtokran haydovchisi to‘satdan boshqaruvni yo‘qotishi natijasida oldinda ketayotgan Lacetti Gentra’ga, so‘ngra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib yana uchta mashinaga urilgan.

“Avtohalokat ko‘lami katta bo‘lishiga qaramay, avariyada qurbonlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Avtokran haydovchisi oyog‘idan jarohat olgan bo‘lib, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus qutqaruv vositalari yordamida salondan chiqarib olgan. Shuningdek, avtomashinalardan birining haydovchisi yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.

Foto: Telegram / KDuzb
Foto: Telegram / KDuzb
Foto: Telegram / KDuzb
Foto: Telegram / KDuzb
Avvalroq Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar