Daryo

Qarshi tumanida Matiz va Damas to‘qnashdi. Uch kishi jarohatlangani aytilmoqda

“Biz uch nafar jabrlanuvchini shifoxonaga jo‘natdik. Har ikkala haydovchining ham oyoqlarini temir qisib qolgan”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan YPX xodimi

1 daqiqa o‘qish70 096 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: "Daryo"

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida Matiz va Damas avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 26-mart kuni soat taxminan 15:00 da sodir bo‘lgan.

Foto: “Daryo”

Voqea joyida “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyevning aytishicha, holat Qarshi tuman IIB tergovchilari tomonidan o‘rganilmoqda.

Foto: “Daryo”

“YTH aynan qaysi avtomobil haydovchisining aybi bilan sodir bo‘lgani hozircha bizga ham ma’lum emas. Ammo holat o‘rganilmoqda”, — deydi Javlon Baxtiyev.

Foto: “Daryo”

Voqea joyida bo‘lib turgan YPX inspektorlarining aytishicha, Damas’ni ayol haydovchi boshqargan bo‘lib, YTH natijasida uning oyoqlarini pachaqlangan mashina temiri siqib qo‘ygan.

Foto: “Daryo”

“Biz uch nafar jabrlanuvchini shifoxonaga jo‘natdik. Matiz va Damas to‘qnashgani sabab har ikkala haydovchining ham oyoqlarini temir siqib qo‘ygan”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan YPX xodimi.

Avvalroq Qashqadaryoda to‘y kuni kuyovning otasi va ikki qarindoshi hamda kelinning xolasi YTHga uchrab, halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar