Daryo

Sirdaryoda “Kamaz” va Mercedes yuk mashinalari to‘qnashib ketdi

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish75 168 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Sirdaryo viloyatida ikki yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 27-mart kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan S.Y. boshqaruvidagi “Kamaz-5410” hamda 1985-yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida “Kamaz-5410” rusumli yuk avtomobili ag‘darilgan.

Foto: YHXBB

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan avval Samarqandda Mercedes-Benz yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilgani, Sirdaryoda metan zapravkada turgan Damas’ning gaz balloni portlab ketgani hamda Qashqadaryoda to‘y kuni kuyovning otasi va ikki qarindoshi hamda kelinning xolasi YTHga uchrab, halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar