Daryo

Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Har ikkala holatda ham haydovchilar va yo‘lovchilarga jarohat yetmagan

1 daqiqa o‘qish67 808 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 227-kilometrida 40 daqiqa oralig‘ida ikkita YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Birinchi holatda, MAN yuk mashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi tufayli yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. FVVning Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan yordamga yetib kelgan. Maxsus asbob-uskunalar yordamida yuk mashinasi xandaqdan chiqarib olingan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Taxminan 40 daqiqadan so‘ng ikkinchi yo‘l-transport hodisasi deyarli aynan shu yo‘nalish qismida sodir bo‘ldi. Cobalt haydovchisi transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan.

Oqibatda ikkala transport vositasi ham xandaqqa tushib ketgan. Bir necha daqiqa ichida FVV qutqaruvchilari baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etgan.

Har ikkala holatda ham haydovchilar va yo‘lovchilarga jarohat yetmagan.

Avvalroq Sirdaryoda “KamAZ” Mercedes yuk mashinasiga to‘qnashishi oqibatida ag‘darilgani, Samarqandda Mercedes-Benz yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilgani, Farg‘onada “benzovoz” va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketdi (video)

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar