Ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lsa, ko‘pchilik darhol yurakdan gumon qiladi. Agar og‘riq diafragma hududida bo‘lsa, buning sababi o‘pka bo‘lishi ehtimoli yuqori darajada. Shuningdek, buning yana boshqa omillari ham bo‘lib, ular faqat shifokor ko‘rigida aniqlanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Shikastlanish

Diafragma — bu ko‘krak sohasidagi mushaklarning “korseti”. Kuchli zarba yoki jarohat mushaklarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun og‘riq doimiy yoki vaqti-vaqti bilan kuzatiladi. Eng og‘ir holatlarda shikastlanish diafragma mushaklarining yorilishiga olib kelishi mumkin. Aniq tashxis esa faqat kompyuter tomografiyasi yordamida qo‘yiladi. Quyida mushaklarning shikastlanishiga olib keladigan alomatlar bilan tanishing:

  • qorinda og‘riq;
  • nafas olishning qiyinlashuvi;
  • ko‘krak yoki yelkada og‘riq;
  • yo‘tal;
  • yurak urishining sekinlashuvi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • qayt qilish.

Mushak yoki skeletning zararlanishi

Shikast, haddan tashqari zo‘riqish va hattoki kuchli yo‘tal mushaklarning jiddiy zararlanishiga olib keladi. Qovurg‘aning sinishi yoki lat yeyishida ham o‘pkada og‘riq kuzatiladi. Qovurg‘a shikastlanishidan gumon qilingan vaqtda travmatolog bilan maslahatlashgan holda rentgen tekshiruvini o‘tkazish zarur.

Jismoniy zo‘riqish

Jismoniy zo‘riqish vaqtida og‘ir nafas olish va nafas qisilishi diafragma spazmini va o‘tkir og‘riqni keltirib chiqaradi. Og‘riq nafas olishga xalaqit beradigan darajada kuchli bo‘lib, mashq qilganda yanada kuchayadi. Vaziyatni yaxshilash uchun mashg‘ulotlardan tanaffus qilish kerak. Og‘riqning oldini olish uchun esa doimiy mashg‘ulotdan avval yengil mashqlar bilan tanani qizitib olish lozim.

O‘t pufagi

O‘t pufagidagi og‘riqni diafgrama bilan chalkashtirish mumkin. Odatda o‘t pufagi kasalligi og‘riqdan tashqari quyidagi alomatlar bilan birga keladi:

  • qovuq yoki ichak faoliyatida o‘zgarishlar;
  • titroq yoki isitma;
  • ko‘ngil aynishi;
  • teri va ko‘z oqlarining sarg‘ayishi;
  • qayt qilish.

Xiatal churra

Churra odatda qizilo‘ngach yoki oshqozon ko‘krak qafasi tomon siljiganda paydo bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda kichik tanaffus churrasi qo‘shimcha belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • kislotali reflyuks;
  • axlatning qora yoki qonli bo‘lishi;
  • ko‘krak yoki qorinda og‘riq;
  • yutinishda og‘riq;
  • jig‘ildon qaynashi;
  • nafas qisilishi;
  • qayt qilish.

Homiladorlik

Homila rivojlanishi natijasida bachadon kengayib, diafragmani yuqoriga suradi. Shu sababdan o‘pka qisqaradi, nafas olish qiyinlashadi, hattoki og‘riq ham kuzatilishi mumkin. Ko‘pgina hollarda ushbu alomatlar tug‘ruqdan keyin yo‘qoladi. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ayniqsa, quyidagi alomatlar namoyon bo‘lganda:

  • qattiq yoki doimiy og‘riq;
  • doimiy yo‘tal;
  • nafas olishda qiyinchilik.

Plevrit

Plevrit — bu o‘pkani o‘rab turgan ko‘krak qafasi ichidagi plevra, to‘qima qatlamining yallig‘lanishidir. Plevrit nafas olish vaqtida og‘riq, nafas qisilishi, yo‘tal va isitma bilan ajralib turadi. Ba’zida og‘riq yelkagacha ko‘tariladi.

Bronxit

Bronxit — havoning o‘pka va tashqariga o‘tishini ta’minlaydigan shilliq qavatning yallig‘lanishidir. Bronxit o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin. Bronxit bilan ko‘krak og‘rig‘i hamda boshqa alomatlar kuzatilishi mumkin:

  • titroq;
  • yo‘tal;
  • charchoq;
  • yuqori tana harorati;
  • nafas qisilishi.