Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichi sekin-asta ortib bormoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Koronavirusga qayd etilish ko‘rsatgichi mamlakatimizda ham sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallikning qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 ko‘rsatkichda bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu ko‘rsatkich 0,4 ga ko‘tarildi.

Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hozirgi kunda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi yetib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rib qo‘yganmiz. Mahalliy hududlarda mahalliy mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan.

Barcha viloyatlarda emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlamining elektron bazasi, ya’ni ularni elektron ro‘yxatga olish tizimi amalga oshirilmoqda. Ular emlangandan so‘ng bu bazada emlanganlik haqida ma’lumotni ko‘rish mumkin”, – deydi Nurmat Otabekov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 18-mart holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 124 kishida koronavirus aniqlandi. Bu yil boshidan buyon qayd etilgan sutkalik rekord hisoblanadi.

​​Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 111 kishida, 16-mart kuni esa O‘zbekistonda bir sutka ichida 115 kishida koronavirus aniqlangan edi.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi taksi va qurilish sohasida karantin choralari kuchaytirilishi, poytaxt hokimligi va uning tizimidagi barcha tuzilmalarda turli yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.

Bundan avval Sirdaryoda so‘nggi ikki kun ichida mingdan ortiq kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlangani hamda O‘zbekistonning qator viloyatlarida karantin qoidalarini buzganlarni javobgarlikka tortish holatlari ko‘paygani  haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi