Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

8-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda davlat rahbariga IKEA kompaniyasining innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi qurilishi loyihasi ham taqdim etilgan. “Gazeta.uz”ning IKEA’ni OAV bilan ishlash bo‘limiga tayanib yozishicha, kompaniya O‘zbekistonda fabrika ochishni rejalashtirayotganiga oid xabarlarni rad etgan.

Foto: India Retailing

Foto: India Retailing

“IKEA Supply’ning boshqa kompaniyalari singari, IKEA Industry O‘zbekistonda fabrika ochishni rejalashtirmayapti. Yangi bozorlarga kelsak, IKEA 2025-yilga qadar dunyo bo‘ylab ko‘proq xaridorlarni jalb qilishni davom ettirish maqsadida 12 ta yangi bozorga kirishni rejalashtirmoqda. Mazkur faoliyatni kengaytirish rejasida O‘zbekiston ishtirok etmaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Prezidentga taqdim etilgan loyihaning umumiy qiymati 52 million AQSh dollari miqdorida baholangan edi. Shundan 10 million dollar mablag‘ loyiha tashabbuskorining o‘z hisobidan, qolgan 42 million dollar esa xorijiy investitsiya evaziga moliyalashtirilishi aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, IKEA — transmilliy korporatsiya bo‘lib, 1943-yilda Shvetsiyada 17 yoshli Ingvar Kamprad tomonidan tuzilgan. Kompaniya tez yig‘iladigan mebel, oshxona texnikasi va uy jihozlarini ishlab chiqaradi. Bosh ofisi Niderlandiyada joylashgan. IKEA 2008-yildan beri dunyodagi eng yirik mebel sotuvchisi hisoblanadi. IKEAning ko‘plab do‘konlari INGKA xolding kompaniyasiga tegishli, kompaniya esa Stichting INGKA — dunyoning eng boy 40 ta fondlaridan biri tomonidan boshqariladi. Avgust oyining oxirida Ingka Group 50 dan ortiq mamlakatda 445 ta chakana savdo do‘koniga ega edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukrainaning uchta elchixonasiga tahdidli xatlar yuborilgan — Ukraina tashqi ishlar vaziri
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr