Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Telekanallar Navro‘z bayrami tantanalarini suratga olishni boshlab yubordi. Munisa Rizayeva ushbu jarayon aks etgan suratni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

“Nozlanajakdir” deb nomlangan qo‘shiq bilan el nazariga tushgan “Fayod” guruhi qizlari hozir qayerda va nimalar bilan band? Bu haqda guruh yakkaxoni Viktoriya “Omon-omon” ko‘rsatuvida so‘zlab berdi.

Guruhning “Go‘zal afsonaviy tun” deb nomlangan qo‘shig‘i ham xit bo‘lgan edi.

Milena Madmusayeva ham sahifasiga yangi suratni joyladi.

Foto: Instagram

“Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje ish jarayoni aks etgan surat bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov Turkiyada biznes boshlagani haqida so‘zlab berdi.

Luiza Rasulova mador somsa aslida qanday atalishi borasidagi savol bilan folloverlariga yuzlandi.

Foto: Instagram

Tojikistonlik xonanda Shabnam Surayyo Zohirshoh Jo‘rayevning mehmoni bo‘ldi.

Foto: Instagram

“Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari aktyor Tohir Saidovning uyida mehmon bo‘ldi.

Bollivud aktyori Ritik Roshan ham muxlislarini yangi surati bilan xushnud etdi.

Foto: Instagram

Ahad Qayum egnidagi kiyimlari narxini aytdi. Liboslarning narxi bitta Nexia-3 avtomobilining narxida ekanligi ko‘pchilik internet foydalanuvchilarini hayratga soldi.