Keyingi mavsumga qadar davom etishi rejalashtirilayotgan “Qora niyat” serialida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Kinoteka xabar beradi.
Jurnalist Birsen Altuntash serialning keyingi qismlari bilan bog‘liq ayrim detallarni oshkor qilgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda nikoh uzugi taqqan Jansu (Nilperi Shahinkaya)ning surati tarqalgan. Shundan keyin muxlislarda qanday qilib, Yildiz (Eda Eje)ni jondan ortiq yaxshi ko‘rgan Chagatay (Berk Oktay) Jansuga uylanishi mumkin, degan savol tug‘ilgan. Gap shundaki, 102-qismda yong‘in yuz beradi va Yildiz hamda Chagatay baxtli tasodif tirik qoladi. 103-qismdan esa tamoman yangi davr boshlanadi.
https://www.instagram.com/p/CMdEZ4KqRLg/
Oradan 5 yil o‘tadi, bu vaqtni Yildiz komada o‘tkazadi. Ko‘zlarini ochganida Chagatay uylanganidan, ulg‘aygan Halit Jan Jansuni oyi deb chaqirayotganidan xabar topib, shokka tushadi. Jansu o‘z niyatiga yetadi, ammo tirik qolganYildiz baxti uchun kurashishda davom etadi. Muxlislarga yanada qiziqarli bo‘lishi uchun boshqa qahramonlar hayotidagi o‘zgarishlar ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)