Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turida “Yuventus” 6-mart, shanba kuni o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Bellashuvning 14-daqiqasida Xoakin Korrea mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Turinliklar bunga 39-daqiqada Adriyen Rabyoning goli bilan javob qaytardi. Tanaffusga jamoalar 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 57 va 60-daqiqalarida Alvaro Morata ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dublga erishdi —3:1. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Mazkur g‘alabadan keyin Andrea Pirlo boshchiligidagi turinliklar ochkolari sonini 52 taga yetkazib, 3-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, “Latsio” (43) 7-o‘rinda bormoqda.

“Yuventus” — “Latsio” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

A Seriya

26-tur bahslari

6-mart, shanba

“Yuventus” — “Latsio” 3:1

Gollar: 0:1 – 14 Korrea, 1:1 – 39 Rabyo, 2:1 – 57 Morata, 3:1 – 60, penalti Morata.

“Yuventus”: Shensni, Demiral, Danilo, Aleks Sandro, Kuadrado (Artur, 70), Kulusevski (di Pardo, 90), Rabyo, Bernardeski, Remzi (Makkenni, 70), Kyeza (Bonuchchi, 82), Morata (Ronaldu, 69).

“Latsio”: Reyna, Marushich (Pereyra, 82), Acherbi, Hudt, Luis Alberto (Kaysedo, 82), Milinkovich-Savich, Lulich (Gabarron, 55), Leyva (Eskalante, 55), Korrea, Fares, Immobile (Muriki, 82).

Ogohlantirish: Acherbi (80).

“Spetsiya” — “Benevento” 1:1

Gollar: 0:1 – 24 Gaych, 1:1 – 71 Verde.

“Udineze” — “Sassuolo” 2:0

Gollar: 1:0 – 42 Lyorente, 2:0 – 90 Pereyra.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!