Buyuk Britaniyaning Falmut shahri portida havoda “muallaq turgan” kema paydo bo‘ldi. Biroq u oxir-oqibat optik illyuziya bo‘lib chiqqan, deb yozadi Esquire.

Foto: Twitter / Kolin Makkalum

Meteorolog Devid Breynning so‘zlariga ko‘ra, sarob havo haroratining inversiyasi sabab yuzaga kelishi mumkin — yorug‘lik nurlari sinadigan “alohida atmosfera sharoitida”. Bu kabi hodisani Akrtikada tez-tez uchratish mumkin, biroq qishda Buyuk Britaniyada bunaqasi juda kam sodir bo‘ladi. Optik illyuziya holatida gorizont chizig‘idan pastda bo‘lgan obyektlar ham ko‘rina boshlaydi.

Shu turdagi hodisani fevral boshida Kolin Makkalum ismli fuqaro Shotlandiyaning Banf shahrida kuzatgan. Uning Daily Record nashriga tushuntirishicha, kema bulutsiz zonada joylashgan, shu sababli osmon dengizda akslangan va u bilan qo‘shilib ketgan.

Foto: Twitter / Tonyboooo

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “butilka” cho‘qishtirib turgan erkaklar tasvirlangan yana bir optik illyuziyali surat keng muhokamalarga sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.