3-mart kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.Tailandning Andaman dengizi hududida cho‘kayotgan qayiqdan qutqarib olingan mushukni yelkasida ko‘tarib olgan dengiz ofitseri qirg‘oq tomon suzmoqda.Foto: ReutersFinlyandiyaning Laplandiya hududidagi shimol yog‘dusi.Foto: ReutersXitoyning Xuanshan hududida raqs ijro etayotgan raqqoslar.Foto: RexToshkentda o‘q bilan yaralangan it topildi. Foto: “Mehr va oqibat”Turkiyaning Antaliya shahrida Parkinson kasalligiga chalingan 75 yoshli ayol klubda murabbiy bilan birga boks bilan shug‘ullanmoqda.Foto: ReutersArgentinaning Vilya-La-Angostura hududidagi politsiya mahkamasida ayollar sobiq yigiti tomonidan o‘ldirilgan qiz uchun adolat talab qilib namoyish o‘tkazmoqda.Foto: RexArxeologlar Ispaniyaning Mora-de-Ebro hududida Ispaniyadagi fuqarolar urushi vaqtida Ebro hududidagi jangda halok bo‘lgan respublika askarlarining skeletlarini qazib oldi.Foto: Getty ImagesFalastinning G‘azo sektorida maktab avtobusida uyiga qaytayotgan o‘quvchilar.Foto: AFPTurkiyaning Erjish hududida yo‘l-transport hodisasiga uchragan yuk mashinasi ichidan topilgan xorij fuqarolari.Foto: AnadoluSidneydagi hayvonot bog‘i Butunjahon yovvoyi tabiat kunida o‘rdakburunlarni qirilib ketish xavfidan asrab qolish dasturini taqdim etdi.Foto: ReutersKaliforniyada yo‘ltanlamas avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashishi natijasida 13 kishi vafot etdi.Foto: ReutersFutbolchi Zlatan Ibragimovich San-Remodagi festivalda Italiyaning Nomadi musiqiy guruhining “Io Vagabondo” nomli qo‘shig‘ini kuyladi.Foto: ReutersTurkiyadagi restoran va qahvaxonalar pandemiya tufayli joriy qilingan 3 oylik tanaffusdan so‘ng qayta ish boshladi.Foto: ReutersShveysariyada za’faron gullari ochildi.Foto: ReutersVenetsiyadagi yuzlab qayiqlar ishsiz qoldi. Bunga sabab — kuchli suv qaytishi natijasida suv sathi pasayishi.Foto: ReutersBraziliyalik afsonaviy futbolchi Pele koronavirus vaksinasi bilan emlanishning ilk bosqichidan o‘tdi.Foto: ReutersGermaniyaning Oberstdorf shahrida chang‘ili sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.Foto: Reuters
Xitoy dollarli milliarderlar soni ming kishidan oshgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi 03.03.2021, 16:10