Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

17-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”

Prezidentning “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, u farmatsevtika texnik universiteti va innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasini o‘z ichiga oladi.

Klaster faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • innovatsion yechimlarni joriy etish orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
  • ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
  • investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
  • xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Universitet esa dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida klaster direksiyasi tashkil etildi. Hujjat bilan davlat muassasasining tarkibi, xodimlar soni tasdiqlandi.

Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan obyektlar uchun asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilish uchun javobgar hisoblanadi.

Prezidentning 2020-yil 28-apreldagi “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, klaster tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 50 million dollargacha mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 17-aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri qurilishi boshlangandi.

Avvalroq O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish maydoni va xalqaro standartlarga javob beradigan sinov laboratoriyasi tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi