1-martdan boshlab Uzbekistan Airways yo‘lovchilari yangi xizmat turi — aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, ushbu xizmat yo‘lovchilarga aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslik va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.

Shuningdek, kompaniya yangi xizmat COVID-19 virusi tarqalishi sharoitida istalmagan aloqalarni kamaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Gazeta.uz”ning kompaniyaga asoslanib ma’lum qilishicha, ro‘yxatdan o‘tish bepul, lekin aniq joyni tanlash pulli bo‘ladi.

Bundan avval Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports kompaniyasiga direktor etib tayinlangani, transport vaziri etib tayinlangan Ilhom Mahkamov Uzbekistan Airways rahbari bo‘lgani hamda Uzbekistan Airways mart oyidan boshlab Hindistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.