Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi oltinchi avlod 6G uyali aloqa tizimlari ustida ishlash uchun xodimlar yollay boshladi, deb yozadi “RBK” Bloomberg’ga tayanib. O‘tgan hafta kompaniya kelasi avlod simsiz texnologiyalari ustida ishlash uchun tadqiqotchi muhandislar qidirilayotgani haqida e’lon berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Vakansiyalar haqidagi e’lonlarda Apple’ning Kremniy vodiysi va San-Diyegoda joylashgan ofislaridagi lavozimlar ko‘rsatilgan, u yerlarda kompaniya simsiz texnologiyalar va mikrosxemalar yaratish ustida ishlamoqda. “Sizda kelasi avlod simsiz texnologiyasini yaratish bo‘yicha noyob va foydali imkoniyat bo‘ladi, — deyiladi e’londa. — Bu rolda siz kelgusi 10 yil mobaynida yangi avlod uyali aloqa inqilobiy texnologiyalarini yaratishga mas’ul bo‘lgan ilg‘or tadqiqot guruhi markazida bo‘lasiz”. Kompaniya vakillari izoh berishdan bosh tortgan.

6G tarmoqlarini ishga tushirish standartlari va muddatlari hozircha noma’lum, ammo ba’zi tahlilchilar fikricha, texnologiya 5G’ga nisbatan 100 marta yuqoriroq ulanish tezligini ta’minlash mumkin. Shu bilan birga, soha ekspertlari oltinchi avlod aloqa tarmoqlari eng ertasi bilan 2030-yilda ishga tushirilishini kutmoqda.

Oxirgi avlod 5G aloqa standartini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi iPhone’ni kompaniya bir necha oy avval — 2020-yil oktabrida chiqargandi. O‘shanda 5G’ni integratsiya qilishga ulgurish uchun Apple mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Qualcomm bilan bahsni tartibga solishga majbur bo‘ldi. Buning uchun kompaniya 4,5 milliard dollar miqdorida voz kechish muzdini to‘lagandi. Endi, Bloomberg fikricha, Apple yangi texnologiyani ishlab chiqishning eng birinchi bosqichlarida ishtirok etmoqchi.

Simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun tadqiqotchi muhandislarni ishga olish haqidagi e’lonlari — Apple o‘z texnologiyalarini rivojlantirishga intilayotganidan darak beruvchi yana bir belgidir. Kompaniya shu paytga qadar iPhone, iPad va Mac uchun asosiy protsessorlarni ishlab chiqishga ulgurgan. U, shuningdek, AirPods naushniklari va Apple Watch soati uchun ekranlar, kamera texnologiyalari, simsiz chiplar ustidagi ishlarni faollashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi