• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bismarkning hafsalasini pir qilgan element. 6-fevral – germaniy kashf etilgan sana

    1869-yilda Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy jadvalini kashf qilganidan keyin, unda muayyan kataklar bo‘sh qolayotgan edi. Bu bo‘sh kataklarni egallashi lozim bo‘lgan elementlar albatta tabiatda mavjud ekani, lekin, ular shunchaki hali kashf qilinmaganligi haqida o‘sha paytdayoq barcha kimyogarlar yakdil fikrga kelishgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, turli laboratoriyalarda davriy jadvaldagi u yoki bu bo‘sh katakni egallashi lozim bo‘lgan kimyoviy element kashf qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘la boshlagan. “Daryo” bugungi maqolada ilm-fandagi ana shunday yutuqlardan biri haqida hikoya qiladi.

    Dastavval, 1875-yilda galliy elementi ochilgan bo‘lsa, keyinroq, 1879-yilda skandiy kashf qilingan edi. E’tibor bering – ushbu elementlarga muayyan hududlar nomi berilgan. Galliy – hozirgi Fransiya o‘rnida bo‘lgan qadimgi Galliya sharafiga nomlangan (uni farang kimyogari Lekok de Buabodran kashf qilgan). Skandiy esa Skandinaviya yarim oroli sharafiga atalgan. Kashshoflarning g‘oyasiga ko‘ra, element nomida mamlakatning yoki hududning nomi aks ettirilsa, ushbu mamlakat shuhratini ortishiga xizmat qilishi kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Davriy jadvalda xuddi shu mantiqqa asosan nomlangan yana qator elementlar mavjud. Xususan, ameritsiy, fransiy, poloniy, nihoniy va ruteniy elementlari mos ravishda Amerika, Fransiya, Polsha, Yaponiya va Rossiya sharafiga nomlangandir. Ular qatoridagi yana bir muhim element – germaniy esa o‘z nomidan aytib turibdiki, Germaniya sharafiga atalgan. (Bulardan tashqari, shaharlar yoki hududlar nomi aks etgan berkliy - Berkli, gafniy – Kopengagen, lyutesiy – Parij, itterbiy – shu nomli qishloq, golmiy – Stokgolm, dubniy – Dubna, tennesin – Tennesi shtati singari qator toponimik atamali kimyoviy elementlar ham bor).

    Bugun, 6-fevral, Germaniya sharafiga nomlangan o‘sha germaniy elementi kashf etilgan sana hisoblanadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, u kashf etilgani haqidagi xabar 1886-yilning aynan 6-fevral kuni e’lon qilingan edi. Element nemis kimyogari Klemens Vinkler (1838-1904) tomonidan ochilgan bo‘lib, u Saksoniya hududidan topilgan argirodit mineralini tadqiq qilish asnosida, uning tarkibida 7 foizga yaqin miqdorda noma’lum modda borligini aniqlagan. U o‘sha 7 foiz noma’lum moddani sinchiklab o‘rganib, uning hali fanga noma’lum bo‘lgan alohida kimyoviy element ekanini fahmlab qolgan. Vinkler 1886 va 1887-yillarda chop etgan boshqa ikkita katta ilmiy maqolasida o‘zi kashf qilgan germaniy elementining fizik va kimyoviy xossalarini mufassal bayon qilib bergan va shu orqali, Mendeleyevning davriy qonuni haq ekanini isbotlanishiga juda katta hissa qo‘shgan. U germaniy tetraxloridi vositasida ushbu elementning atom og‘irligini ham aniq hisoblab chiqib, yana shuningdek, bir necha boshqa birikmalarini ham kashf qilgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Oddiy modda shaklidagi germaniy – och tusli metall bo‘lib, hozirda asosan optik tolali kabellar ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Lekin u ochilgan o‘sha dastlabki yillarda hech nimaga yaroqsiz bo‘lgani bilan olimlarning ham, shuningdek, ushbu elementga nomi berilgan Germaniya dohiylarining ham hafsalasini pir qilgan edi. Chunonchi, germaniy kashf etilgach, aynan u orqali Germaniyaning davlat sifatidagi kuch-qudratini targ‘ibot-tashviqot qilishni istagan Otto fon Bismark va kayzer Vilgelmlar ushbu metalldan o‘zlari uchun xanjar va dubulg‘a yasalishiga farmon berishgandi. Lekin bundan tayinli ish chiqmagan va Bismark hamda kayzer Vilgelm toza xunob bo‘lishgan. Buning sababi, o‘sha paytda germaniyni olish juda qimmatga tushadigan jarayon bo‘lish bilan birga, uning anchayin mo‘rt va qurol-aslaha tayyorlash uchun yaroqsiz metall ekani bilan bog‘liqdir. Haqiqatan ham, germaniyni alohida ajratib olish hozirda ham juda qimmat jarayon sanaladi. Qizig‘i shundaki, sayyoramizdagi germaniy miqdori anchayin mo‘l. Uning miqdori hatto biz uchun juda yaxshi tanish bo‘lgan va go‘yoki miqdori ancha ko‘pdek tuyuladigan metallar – kumush va qo‘rg‘oshindan ham ko‘proqdir. Shunga qaramay, germaniyni alohida, sof holda ajratib olish juda qiyin va murakkab. Shu sababli ham germaniy elementi haqida kimyogarlar hazillashib “germaniy hamma joyda bor, lekin hech qayerda yo‘q” deyishadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Germaniy elementi asosan boshqa rangli metallar rudalari tarkibida, xususan, volfram konlaridan olinadi. U o‘zi alohida kon holida mavjud bo‘lmaydi va yerdagi barcha germaniy miqdori turli minerallar va tog‘ jinslari tarkibida juda siyrak tarzda yoyilib sochilib ketgan holda tarqalgandir. Hozirda jahon bo‘ylab asosiy germaniy qazib olish nuqtalari Rossiya Uzoq Sharqida – Saxalin va Vladivostokda, shuningdek, Xitoyning shimoli-sharqida – Ichki Mo‘g‘uliston hududi va Yunan provinsiyasida joylashgan. Shuningdek, jahondagi umumiy germaniy ishlab chiqarish miqdorining salmoqli ulushi AQSh hissasiga ham to‘g‘ri keladi.

    Germaniy, shuningdek, ba’zi o‘simliklar tarkibida, xususan, sarimsoqda ham mavjud.

    Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, germaniy to 1930-yillar o‘rtalarigacha deyarli hech qanday amaliy sohada qo‘llanilmagan. Lekin, taxminan o‘sha paytlardan boshlab yarimo‘tkazgichlar fizikasi keskin taraqqiy eta boshlagach, germaniy metallining yarimo‘tkazgich xossasi olimlarga ma’lum bo‘ldi va shu ondan boshlab uning yulduzli davri keldi. Yarimo‘tkazgichli tranzistorlarning maishiy elektronikada keng qo‘llanila boshlashi natijasida jahon bo‘yicha germaniy elementiga talabning keskin ortishiga olib keldi. Qolaversa, bu elementdan teplovizor optikasida, kimyo korxonalari uchun katalizatorlar tayyorlashda, metallurgiyada turli qotishmalar tarkibida, hamda yadro fizikasida keng foydalaniladi. Shuningdek, yuqorida ham aytilganidek, optik tolali kabel simlarini tayyorlashda ham germaniy ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha ishlab chiqariladigan germaniyning taxminan 35 foiz ulushi aynan optik tolali kabellar tayyorlashda qo‘llanilar ekan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    06.02.2021, 09:12   Izoh (0)   52811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyalik yigit 2020-yilda saraton, meningit, sepsis va koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi

    06.02.2021, 08:30

    BMT pandemiya oqibatida terroristik tahdidlar ko‘payganini ma’lum qildi

    06.02.2021, 07:08

    Buyuk Britaniyada bir yil ichida uchinchi bor Xitoy ayg‘oqchisi aniqlandi

    05.02.2021, 23:12

    Donald Tramp Amerika kinoaktyorlar gildiyasini tark etdi

    05.02.2021, 22:11

    Amerikalik olimlar COVID-19’ga qayta chalinish sabablarini ma’lum qildi

    05.02.2021, 21:26

    Rossiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarda so‘kinishni taqiqlaganidan keyin haqoratli postlar aksincha ko‘payib ketdi

    05.02.2021, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.